home

Amir Temur

Bobur

Imom Al-Buxoriy

Al-Xorazmiy

photo of amir temur

Amir Temur(1336-yil 9-aprel, 1405-yil 18-fevral) – oʻrta
asrlarning
buyuk turkiy askari va qoʻmondoni, Temuriylar imperiyasi asoschisi, Oltin Oʻrda, Mamluk sultonligi,
Dehli sultonligi, Usmonlilar davlati, Kavkaz va Erondagi davlatlarni yengishi ortidan
musulmon olamining toʻla yetakchisi, yeri 4,4 mln km² ga yetishgan 14-yuzyilliknig eng kuchli davlat
quruvchisi, 35 yillik boshqaruvi va yurishlari chogʻida biror urushni yutqazmagan qoʻshinboshi,
oʻtmishda koʻrilgan uchta buyuk harbiy-taktik urush va yurish qoʻmondonlaridan biri, Temuriylar
uygʻonish davri asoschisi, ilm-fan, meʼmorchilik, Sanʼat va Adabiyot homiysi [1] [2] [3].

Oilasi, shaxsiyati va kelib chiqishi


Temurbek shabon oyining yigirma beshida, hijriy yetti yuz oʻttiz oltinchi yilda (8.04.1336), oʻn ikki
hayvonli Turk yilligiga koʻra Sichqon yilida Kesh shahri yaqinidagi Xo'ja ilg'or qishlogʻida tulilgan.
Ayricha amerikalik tarixchi Beatrice Forbes Manz xonim Temurbekning tugʻilgan yilini oʻn toʻrtinchi
yuz yillikning yigirmanchi yillariga toʻgʻri kelishini kabi oʻz ikkilanishli qarashlarini oldinga surib
keladi va bu shubhalanishiga sabab qilib Temurbekning 1336-yilda tugʻilganligi toʻgʻrisidagi yozuvlar
uning davridan keyin yozilganini va uning davriga tegishli bir nechta manbalardagi voqealarda
Temurbekning yoshi uning 1320-yillar oxirida tugʻilganini koʻrsatishini aytadi (qarang,
Tamerlane and the Symbolism of Sovereignty, B. F. Manz). Biroq birorta tarix kitoblarida
Temurbekning tugʻilgan yili 1336-yil emas, balki boshqa yil ekanligi toʻgʻrisida belgi umuman uchramaydi.