home

Amir Temur

Bobur

Imom Al-Buxoriy

Al-Xorazmiy



photo of bobur

Bobur (taxallusi) toʻliq ismi - Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. U 1483-yil 14-fevral, 1530-yil 26-dekabr ) —
oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi,
temuriy shoh boʻlgan. Amir Temurning pannevarasi boʻlgan [2]. Bobur oʻz davrining buyuk shaxslaridan biri edi. Uning sheʼrlari, ruboiylari
oʻz vaqtida va hozir ham sevib oʻqilmoqda. 6 ta zavjasi boʻlib, Bibi Muboraka, Mohimbegim, Zaynab Sulton Begim, Oysha Sulton Begim,
Maʼsuma Sulton Begim va Soliha Sulton Begim.

Hayoti


Boburning otasiUmarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasiQutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni, Toshkent hokimi Yunusxonning
qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshoh Mirzo naslidan boʻlsa, ona tomonidan Tugʻluq Temurxonning oʻgʻli
Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi.

    Otasi tomondan:
  1. Amir Temur koʻragon (1336-1405)
  2. Mironshoh Mirzo (1366-1408)
  3. Sulton Muhammad Mirzo (1408-1449)
  4. Sulton Abu Said koʻragon (1424-1469)
  5. Umarshayx Mirzo koʻragon (1456-1494)
  6. Bobur (1483-1530)
    Onasi tomonidan:
  1. Tugʻluq Temurxon (1329-1362)
  2. Xizr Xoʻjaxon (1358-1399)
  3. Muhammadxon (? – 1416)
  4. Sharalixon (taxtga chiqmagan)
  5. Uvaysxon (1418-1425-yillarda)
  6. Yunusxon (1468-1487)
  7. Yunusxonning qizi Qutlugʻ Nigorxonim (1457-1504)
  8. Bobur (1483-1530)