home

Amir Temur

Bobur

Imom Al-Buxoriy

Al-Xorazmiy

photo of buxoriy

Buxoriy, Imom al-Buxoriy[1] (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim al Buxoriy )
(milodiy 810-yil 21-iyun, Buxoro — milodiy 870-yil 31-avgust, Samarqand yaqinidagi Hartang qishlogʻi) —
islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, hadis ilmining sultoni deb ham yuritiladi.

Otasi Ismoil oʻz davrining yetuk muhaddislaridan, Malik ibn Alasning shogirdi va yaqinlaridan biri boʻlib,
tijorat ishlari bilan shugʻullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi
volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammadning hadislarini oʻrganishga va
yodlashga kirishadi. Taniqli muhaddislar — Doxiliy, Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn
Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar
safarga chiqishdan oldin oʻz yurtidagi roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan boʻlishi va
shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi.

Asarlar


Adabiyotlar


Havolalar